OMMAVIY OFERTA
Ushbu “Ommaviy oferta” “O‘zAvtosanoat” AJ raisining “O‘zAvtosanoat AJ korxonalarida sanoat chiqindilari bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish to’g’risida” gi 2020 yil 24-yanvardagi 27-018 sonli buyrug’iga muvofiq O‘zAvtosanoat AJ korxonalarida sanoat (ishlab chiqarish) chiqindi bilan bog’liq ishlarni soddalashtirish hamda yagona tartibga o’rnatish maqsadida tashkil etilgan Elektron onlayn-auksionlarni Hamkorlik kelishuv shartnomasi hisoblanadi. Tashkil etish markazi “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalardan chiqadigan ishlab chiqarishdan chiqadigan sanoat chiqindilarini auksionga qo’yuvchi mas’ul hodim (bundan buyon matnda – Operator) jismoniy va yuridik shaxslar (bundan buyon – ishtirokchi) bilan “xarid.byd.uz” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha taklifi hisoblanadi.
Ushbu “Ommaviy oferta” operatorning Internet tarmog‘ida “xarid.byd.uz” manzilidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan vaqtidan boshlab kuchga kiradi va eng kamida uch ish kuni mobaynida amal qiladi va muddat yakunida g’oliblar aniqlanadi
Agar “Ommaviy oferta” o‘qilishida tafovutlar (turli xil talqinlar) vujudga kelsa, O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida tuzilgan “Ommaviy oferta” asos qilib olinadi.
“Operator” “Ommaviy oferta”dagi shartlarni ushbu ommaviy oferta bilan belgilangan tartibda o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
1. Atama va ta’riflar
Ushbu Ommaviy ofertada quyidagi atamalar, ta’riflar va qisqartmalar qo‘llaniladi:
“xarid.byd.uz” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda – savdo platformasi) – “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalardan chiquvchi ishlab chiqarish chiqindilarini elektron onlayn-auksion tizimi orqali sotib olish va qayta ishlash istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning auksion jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
auksion g‘olibi – lot bo‘yicha eng yuqori sotib olish narxini tasdiqlab, g‘olib deb e’tirof etilgan ishtirokchi;
auksion obyekti – auksion orqali sotiladigan “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalardan chiquvchi ishlab chiqarish chiqindilari (strategik ahamiyatga ega bo’lgan masalan: qora moy, metalolom, rangli metal va hokazo tovar moddiy boyliklar amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilingan holda realizatsiya qilinishi lozim).
auksion qadami – savdoda auksion obyekti boshlang‘ich narxiga nisbatan belgilanadigan foiz ;
boshlang‘ich narx – auksion obyektini savdoga qo‘yishda O’zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy xujjatlari va ta’sis xujjatlari talablari asosida mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan narx;
zakalat – ishtirokchi tomonidan auksion qatnashish uchun kafolat ta’minoti sifatida kiritiladigan pul mablag‘lari;
ishtirokchi – savdo platformasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs;
lot – auksionda sotish uchun savdoga qo‘yilgan obyekt;
takroriy auksion – auksion o‘tkazilmagan deb topilgan hamda natijalari bekor qilinganda, qaytadan o‘tkaziladigan auksion;
auksion g‘olibi – tanlov shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi;
auksion shartlari – tanlovni o‘tkazish tartibi, tanlov g‘olibini aniqlash mezonlari, ishtirokchilarga qo‘yiladigan majburiyatlar va talablar yuzasidan belgilanadigan shartlar;
xaridor – obyekt qiymatini to‘liq to‘lagan obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzgan savdolar g‘olibi;
shaxsiy kabinet –Ishtirokchiga auksionda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik ma’lumotlarni ko‘rish hamda operator tomonidan jo‘natilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus bo‘limi;
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda – auksion) – savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini sotish bo‘yicha narxni oshirib borish tamoyilida onlayn o‘tkaziladigan savdo shakli;
savdo platformasidagi texnik uzilish – auksion jarayonida bir yoki bir nechta ishtirokchining qatnashishini yoki mazkur Nizom talablari asosida operatorning xizmat ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydigan savdo platformasidagi texnik nosozliklar.
2. Shartnoma predmeti va hisob-kitob qilish tartibi
2.1. “Operator” elektron onlayn-auksionlarni “xarid.byd.uz” elektron savdo platformasida g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkazadi, auksion g‘olibi esa auksion obyekti qiymatini (operator xizmat haqi olinmaydi) belgilangan muddatlarda to‘liq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
2.2. Operator “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalar tomonidan taqdim etilgan auksion bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi.
2.3. “Taraflar” o‘rtasida hisob-kitoblar pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2.4. Auksion ishtirokchisi quyidagilarni inobatga olgan holda aniqlanadi:
-Ishtirokchilar savdolarni amalga oshirish uchun, oldindan o’zi istagan loti uchun ushbu lot umumiy qiymatining 5% (garov tariqasida) miqdorida to’lovni ushbu platformada ko’rsatilgan korxonaning hisob raqamiga to’laydi va to’lov haqidagi bank to’lov topshiriqnomasini (платежное поручение) elektron tarzda savdolarni o’tkazlishini nazorat qiluvchi mas’ul hodimga yuboradi. Auksion savdolariga o‘tkazilgan 5% zakalat to‘lovlari auksion yakunlanuvchi kuni soat 12-00 ga qadar biriktiriladi. Ushbu belgilangan vaqtdan keyin to’langan to’lovlar lotlarda ishtirok etish huquqini bermaydi.
- auksion g‘olibi oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan taqdirda, auksion natijalari bekor qilinib, auksion g‘olibidan olingan zakalat puli qaytarilmaydi va auksion natijalaridan kelib chiqib qilingan shartnomaga yo’naltiriladi.
-O‘zbekiston Respublikasi hududidan norezidentlar uchun ruxsat etilgan auksion obyektlarini sotib olgan norezidentlar to‘lovlarni faqat milliy valutasida amalga oshirishlari lozim.
2.5. Taraflar kelishmagan taqdirda ushbu nizoli masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
2.6. Nizoli masala hal etilmagunga qadar g‘olib tomonidan to‘langan pul mablag‘lari operatorning maxsus hisobraqamida foizsiz saqlanadi.
3. Operatorning huquq va majburiyatlari
3.1 Operatorning huquqlari quyidagilar:
a) “Operator” axborot bazasida operatorning hisob raqamiga zakalat to‘liq hajmda tushmagan taqdirda “Ishtirokchi” ni veb-portalda rad etish;
b) talabgorlarni elektron onlayn-auksion va tanlovlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
d) mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
3.2 Operatorning majburiyatlari quyidagilar:
a) elektron onlayn-auksion va tanlovlarni belgilangan vaqtda tashkil etish (auksion va tanlov savdolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatilgan hollar bundan mustasno);
b) elektron onlayn-auksion va tanlovlarni inson omili aralashuvisiz dasturiy ta’minot vositasida o‘tkazilishini ta’minlash;
d) savdo platformasida barcha ishtirokchilar uchun auksion yoki tanlovda qatnashishda imkoniyatlar tengligini ta’minlash, yopiq auksion va tanlov bundan mustasno;
e) auksion yakunlanishi bilan ular to‘g‘risidagi axborotlarni “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalar mas’ul hodimlariga ga taqdim qilinishini ta’minlash;
f) elektron hujjatlarga, elektron xabarlarga, “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalar va ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalash choralarini ko‘rish;
g) elektron hujjatlar, ma’lumotlar va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga bermaslik, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
h) foydalanuvchilar savdo platformasi yana-da qulayroq ishlashi borasida o‘z fikrlarini erkin va oshkora bildirishi uchun onlayn chat va ushbu maqsadlarda keng foydalaniladigan boshqa servislar va imkoniyatlar doimiy ishlashini ta’minlash;
“Operator” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
3.3. Auksionga qo‘yilgan ishlab chiqarishdan chiqqan sanoat chiqindilarini “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalar buyurtmasiga asosan sotilayotganligi hamda ushbu korxonalar tomonidan belgilangan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘xtatilganligi yoki bekor qilinganligi yoxud mol-mulk (lot) yoki uning bir qismi elektron onlayn-auksiondan olinganligi uchun “Ishtirokchi”ga zarar yetkazilgan bo‘lsa, “Operator” javobgar hisoblanmaydi.
3.4. Savdo platformasida texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda auksion vaqtincha to‘xtatiladi hamda bu haqda tashkil etilgan ijtiomiy tarmoq kanaliga habar yuboriladi hamda ushbu auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi ish kuni soat 15:00 da oxirgi tasdiqlangan taklifdan bir qadam oshirilgan narxni taklif etishdan davom ettiriladi.
3.5. Ishtirokchi xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
3.6. Texnik uzilishni bartaraf etish davrida ishtirokchi tomonidan tasdiqlagan o‘z takliflarini qaytarib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.7. Ishtirokchining kompyuter va (yoki) telekommunikatsiya jihozlarida texnik uzilish bo‘lganda, bu holat savdo platformasida texnik uzilish deb hisoblanmaydi va auksion davom ettiriladi.
4. Ishtirokchining huquq va majburiyatlari
4.1. Ishtirokchining huquqlari quyidagilar:
a) xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab mol-mulkni oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish);
b) o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion savdolar natijasi haqida o‘ziga tegishli ma’lumotlarni olish;
f) auksion obyekti realizatsiya qilinishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini olish;
g) auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan paytdan boshlab auksion jarayoni yakuniga qadar obyektni sotib olish bo‘yicha auksion qadamiga muvofiq o‘z narx taklifini kiritish.
4.2. Ishtirokchining majburiyatlari quyidagilar:
a) belgilangan muddat ichida auksion obyekti qiymatini to‘liq to‘lamagan (auksion g‘olibi)ning to‘langan zakalat pullari “Operator”ning tasarrufida qolishiga qarshi emasligi va mazkur zakalat puli yuzasidan sudlarda da'vogar bo‘lmasligini tasdiqlash;
b) auksion g‘olibi to‘lovlarni to‘lashdan yoki shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortgan taqdirda, g‘olib hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta`sischilari hisoblangan shaxslar nohalol ishtirokchi sifatida elektron savdo platformasidagi auksionlardan chetlatilishi, bunda, to‘lovlarni to‘lamaslik yoki shartnoma shartlari bajarilmagan holat birinchi marta sodir etilganda bir yil muddatga, ikkinchi marta takrorlansa muddatsiz davrga auksionlardan chetlatilishi to‘g‘risida ogohlantirilganligini tasdiqlash;
d) agar ishtirokchining ma’lumotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmagan taqdirda, auksion natijalari haqiqiy emas deb topilishi va zakalat puli qaytarib berilmasligi to‘g‘risida ogohlantirilganligini tasdiqlash;
e) auksionga qo‘yilgan sanoat chiqindilari, “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalar buyurtmasiga asosan sotilayotganligi hamda “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalar tomonidan belgilangan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘xtatilganligi yoki bekor qilinganligi yoxud mol-mulk (lot) yoki uning bir qismi elektron onlayn-auksiondan olinganligi uchun ishtirokchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, “Operator” javob bermasligiga ogohlantirilganligini tasdiqlash;
f) “Operator” tomonidan ijtiomiy tarmoq kanaliga yuborilgan xatlar uni yuborish vaqtida “Ishtirokchi” tomonidan rasman qabul qilingan deb hisoblanadi va “Operator”, ishtirokchi tomonidan ushbu xatlarning kech o‘qilishi oqibatlari uchun javobgar emasligiga ogohlantirilganligini tasdiqlash.
g) Men foydalanuvchi shartnomasining shartlarini qabul qilaman va “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ tarkibiga kiruvchi qo’shma korxonalar tomonidan ta’sis etilgan auksionga shaxsiy ma’lumotlarimni (shu jumladan yuridik shaxs bo‘lsa Davlat soliq qo’mitasi tomonidan ularning ta’sischilari va hisob raqamlari haqidagi ma’lumotlarni) maxfiylik siyosati bilan belgilangan O‘zbekiston Respublikasining 01.07.2019 yil “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida” O‘RQ-547-son Qonuniga muvofiq foydalanishga (qayta ishlashga) rozilik beraman.
5. Shartnoma tuzish tartibi va xizmatlar ko‘rsatish shartlari
5.1. “xarid.byd.uz” saytida ushbu ommaviy ofertaning e’lon qilinishi (joylashtirilishi) operatorning barcha turdagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan ushbu shartlarda shartnoma tuzish bo‘yicha oferta taklifi hisoblanadi.
5.2. “Ishtirokchi”ning ushbu ommaviy ofertani imzolashi taraflarning ushbu shartnoma shartlarini so‘zsiz va to‘liq holda, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va izohlarsiz qabul qilganligini (akseptlaganini) anglatadi.
5.3. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan taraflar ushbu shartnomani qog‘oz hujjatga tenglashtiradi va u bilan bir xil yuridik kuchga egaligini e’tirof etadi.
5.4. Xaridor auksionda yutilgan chiqindilarni shartnomada ko‘rsatilgan muddatda korxona xududidan tashib olib chiqib ketadi, Agar xaridor noma'lum sabablarga ko‘ra shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda, tuzilgan shartnoma o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi. Ushbu xolatda Xaridorning korxona hisob raqamiga auksion savdolarida qatnashish uchun o‘tkazgan 5% miqdordagi pul mablag‘lari, shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun jarima tariqasida ushlab qolinadi
5.5. Auksion savdolarida qatnashib, g‘olib bo‘la olmagan Xaridorlarning auksionda qatnashgan lotlar uchun qilgan to‘lovlari Xaridorlar hisob raqamiga qaytariladi.
6. Shartnomaning amal qilish muddati
6.1. Shartnoma jismoniy va yuridik shaxs tomonidan ushbu “Ommaviy oferta” qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi, muddat ko‘rsatilmagan taqdirda esa, noma’lum muddatga tuzilgan hisoblanadi.
6.2. Shartnoma “Operator”ning talabiga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
7. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni o‘tkazish tartibi
7.1. Auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
7.2. Auksion obyekti auksionga boshlang‘ich narxda qo‘yiladi va auksion narxlarni oshirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi, har bir tasdiqlangan narx uchun ikki foiz narx oshadi va keyingi narx tasdiqlangunga qadar besh daqiqa qo‘shiladi. Joriy narx oshirilganidan keyin bironta ishtirokchi joriy narxni bir auksion qadamiga oshirish yo‘li bilan sotib olishni tasdiqlamasa, sotib olishni oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi g‘olib deb e’tirof etiladi.
7.3. Auksion savdosida g‘olib bo‘lgan ishtirokchi bilan auksionga qoyuvchi korxona o‘rtasida belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi va Shartnoma tuzilgandan so‘ng, shartnoma bandida ko‘rsatilgan mahsulotlarning olib chiqiladigan xar bir partiyasi uchun oldindan 100% to‘lovni amalga oshiradi.
8. Taraflarning javobgarligi
8.1. “Taraflar” qonunchilik hujjatlari va mazkur ommaviy oferta shartlariga rioya qilish majburiyatini oladi.
8.2. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan holatlarda “Taraflar”ning mulkiy javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga asosan tartibga solinadi.
8.3. “Operator” o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda elektron platformadan foydalanishda yuzaga kelgan salbiy oqibatlar, xususan “Ishtirokchi”ning kompyuter texnikalari ishdan chiqqanligi yoki undagi kamchiliklar, “Ishtirokchi” tomonidan internet tarmog‘iga nobarqaror ulanish va undagi uzilishlar, “Ishtirokchi” internet provayderining internet tarmog‘iga ulanishdagi cheklanishlari, zarar keltiruvchi kompyuter virusi dasturlari, “Ishtirokchi”ning kompyuter texnikalari ishlashidagi ayrim nosozliklar va boshqa sabablar bo‘yicha ishtirokchi va uchinchi shaxslar oldida javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
9. Fors-major holatlar
9.1. Agar ushbu “Ommaviy oferta” shartlaridan kelib chiquvchi majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmasligi suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, embargo (chet el mollarini mamlakatga keltirish yoki mamlakatdan chiqarishni davlat tomonidan taqiqlab qo‘yish), urush yoki harbiy xatti-harakatlar,telekommunikatsiya (axborot) xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi Qonunchilikdagi o‘zgarishlar, ushbu “Ommaviy oferta” imzolangandan keyin uning shartlarini bajarish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda Tomonlarning hech biri javobgar bo‘lmaydi.
Agar ushbu holatlardan biri ushbu “Ommaviy ofertada” belgilangan majburiyatlarning bajarilish muddatiga bevosita ta’sir ko‘rsatsa, u holda bu muddat tegishli holatlarning amal qilish muddatini mutanosib ravishda orqaga suradi.
9.2. Majburiyatlarni bajarish imkoniyati bo‘lmagan vaziyat yuzaga kelgan “Taraflar” yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar paydo bo‘lishi, taxminan amal qilish muddati va bekor qilinishi to‘g‘risida ular yuzaga kelgan va to‘xtatilgan vaqtdan boshlab darhol, biroq 5 (besh) kalendar kunidan kechiktirmasdan boshqa “Tarafni” yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Xabarnomada bayon etilgan faktlar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
9.3. Xabar bermaslik yoki o‘z vaqtida xabardor qilmaslik “Tarafni” yuqorida ko‘rsatilgan har qanday holatlardan birida majburiyatlarni bajarishdan ozod qilish uchun asos sifatida ko‘rib chiqish huquqidan mahrum qiladi.
10. Nizolarni hal qilish tartibi
10.1. Shartnomani bajarish bilan bog‘liq barcha tortishuv va kelishmovchiliklar Taraflar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq da’volar tartibida va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda sudda ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq hal qilinadi.
11. Yakunlovchi qoidalar
11.1. “Ishtirokchi” ushbu shartnomani tuzib, uning shartlari va talablari bilan tanishganligini hamda ularga to‘liq roziligini tasdiqlaydi.
11.2. “Taraflar” qonunchilikda belgilangan hollardan tashqari, axborotlar maxfiyligi hamda ma’lumotlarni uchinchi shaxslar oldida oshkor etmaslik majburiyatini oladilar.
Elektron savdo platformasida joylashtiriladigan (erkin foydalaniladigan) axborotlar maxfiy ma’lumot hisoblanmaydi.